Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktori S.P. Abdullaevning

Tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish - investitsion faollikni

yanada rivojlantirishning muhim omili mavzusidagi

MA’RUZASI

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va bank hamjamiyati nomidan Sizlarni samimiy qutlab, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya-kredit muassasalarining investitsion faolligini yanada oshirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferentsiya ishining boshlanishi bilan tabriklashga ijozat bergaysizlar.

O’zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo’jalik yurituvchi sub’ekt anglab etganligini nazarda tutsak, xozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, kengroq jalb etish, ularning mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy ilohotlarning samarali ijrosini ta’minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog’liqligini tushunib olish qiyin emas. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish - tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarini shakllantirish va kredit muassasalarining barqarorligi hamda investitsion faolligini yanada oshirishni talab etadi.

Iqdisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida uzoq muddatli moliyaviy resurslarni ya’ni “uzun pullarni” shakllantirish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki bozor ikdisodiyoti sharoitida moliya bozorida "uzun pullar"ning taqchilligi va ularni samarali joylashtirilmasligi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, korxona va tashkilotlar faoliyatini bo­zor talablaridan kelib chiqqan holda doimiy modernizatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, mam­lakat tashqi savdo balansini ijobiy qoldig’ini ta’minlashda turli ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ayniqsa, tijorat banklarida uzoq muddatli resurslar etishmasligi natijasida banklarning uzoq muddatga kreditlash imkoniyatlari pasayadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning “uzun pullarga” bo’lgan talabi to’liq qondirilmaydi, uzok muddatli investitsion dasturlarni moliyalashtirishda muammolar paydo bo’ladi. Shu bois ham bugungi kunda tijorat banklari ishini uzoq muddatli kredit quyilmalari ulushining o’sishi va buning uchun ichki manbalarni jalb etish nuqtai nazaridan baholanmoqda.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, ma’lumki, Respublikamiz moliya-bank tizimining barqarorligini yaqin besh yilda ta’minlash maqsadida muhtaram Prezidentimizning 2010 yil 26 noyabrdagi «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi PQ-1438- sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga binoan bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari sifatida moliya-bank sohasiga xususiy kapitalni jalb etish, barqaror resurs bazasini mustahkamlash, yangi jozibali omonatlar va depozitlarni tatbiq etish, moliya-kredit tashkilotlari tomonidan ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish hamda moliya bozori infratuzilmasini yanada mustahkamlash yo’li bilan aholi hamda xo’jalik sub’ektlarining bo’sh mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb etish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz tomonidan depozitlarini qulay, xavf-xatarsiz va barqaror daromadli moliyaviy instrumentga aylantirish, banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada rag’batlantirish va kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan choralar natijasida oxirgi uch yil ichida banklardagi jami depozitlarning hajmi 2,6 barobarga, shu jumladan aholi omonatlari 2,4 barobarga oshdi. Ushbu ko’rsatkichlar respublikamiz aholisining bank tizimiga bo’lgan ishonchi yanada ortib borayotganidan dalolat bermoqda.

Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, tijorat banklarining kapitali hamda jalb qilingan depozitlar hajmining muttasil o’sib borayotganligi, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga hamda banklarning aktiv operatsiyalar hajmi, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarining oshishiga zamin yaratmoqda.

Xususan 2012 yilda tijorat banklarining iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’­yilmalari umumiy hajmi 2011 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. Muddati uch yildan ko’p bo’lgan uzoq muddatli kreditlar 30,9 foizga oshdi va umumiy kredit portfelining 76,8 foizini tashkil etdi. Tijorat banklari tomonidan investitsiya maqsadlariga ajratilgan kredit qo’yilmalarining hajmi 5,7 trln. so’mni tashkil qildi. Oxirgi besh yilda investitsion kreditlarning hajmi 4 barobarga, oxirgi uch yilda esa 2,2 barobarga oshdi. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida 2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta ji­hozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5,7 mlrd. so’m investitsiya kreditlari ajratildi. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklari tomonidan balansga olingan 168 ta iqtisodiy nochor korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash va modernizatsiya qilish maqsadida jami 388 mlrd. so’mlik investitsiyalar kiritildi, 2012 yilda, tijorat bank­lari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar 2011 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, 5,3 trln so’mni tashkil etdi. Ushbu ajratilgan kreditlarning 1,1 trln. so’mi mikrokreditlar bo’lib, ularning hajmi 2011 yildagiga nis­batan 1,5 barobarga o’sdi.

2012 yil davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 48,5 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. O’tgan yilda, oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, turmush darajasini oshirish maqsadida jami 320 mlrd. so’mlik, iste’mol kreditlari ajratildi.

Shuni takidlash joizki, kreditlashning resurs manbalarini shakllantirishda asosiy e’tibor ichki imkoniyatlarga, ya’ni aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini bank aktivlari va uzoq muddatli depozitlariga jalb qilishga qaratildi.

Banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ti­jorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan va joylashtirilgan depozit sertifikatlari 2013 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, 445,6 mlrd. so’mni hamda investorlar o’rtasida joylashtirilgan tijorat banklarining uzoq muddatli obligatsiyalari 258,7 mlrd. so’mni tashkil qildi.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, ma’lumki jahondagi global moliyaviy oqimlar hajmlari pasayishining davom etishi, bank tizimlari uchun resurs etishmovchiligi muammosining chuqurlashishi va Evropaning qator mamlakatlaridagi qarz inqirozining kuchayishi jahon iqtisodiyotiga jiddiy xavf solmoqda.

Shu sababli, 2013 yilda bank tizimini yanada rivojlantirishda banklarning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash va investitsiya faolligini oshirish ustuvor vazifalardan bo’lib qoladi. Jumladan:

- bank tizimi nazoratini Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish;

- qo’shimcha aktsiyalarni chi­qarish va ularni fond bozorlarida joylashtirish or­qali banklarning jami kapitalini yil mobaynida kamida 20 foizga o’sishini ta’minlash;

-tijorat banklari umumiy kapitali hajmini sifat jihatidan oshirish va bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish;

- tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini kuchaytirish, hamda ishlab chiqa­rishni texnik va texnologik qayta jihozlash va moderni­zatsiya qilish bo’yi­cha loyihalarni kreditlash hajm­larini yanada oshirish;

- kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini depozitlarga jalb qilish orqali tijorat banklari resurs bazasini yanada oshirish va diversifikatsiyalash;

- tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish va pul bozorida joylashtirish;

- aholi va xo’jalik sub’ektlari talablarini hisobga olgan holda depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, shu jumladan, uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish, subordinar qarzlarni yanada faol jalb qilish. Bunda aholi va xo’jalik sub’ektlarining tijorat banklaridagi depozitlari hajmini kamida 30 foizga oshirish;

- ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish va sifatini yanada oshirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang’ich ka­pitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;

- bank mijozlarini bank xizmatlari bilan tanishtirish, ularning huquqiy madaniyati va moliyaviy savodxonligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining kredit portfeli hajmining oshishiga erishiladi va ular tomonidan yanada ko’proq investitsiya loyihalarini moliyalash imkoniyati yuzaga keladi. Xususan, 2013 yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kredit qo’yilmalari hajmining 25 foizga ko’payishi prognoz qilinmoqda.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, qishloq joylarda loyihaviy yangi turar joylarni barpo etish, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olish kabi investitsiya loyihalariga tijorat banklari tomonidan 6,0 trln. so’mdan ziyod kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.

2013 yilning «Obod turmush yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, joriy yilda aholini moliyaviy qo’llab-quvvat­lash maqsadida ajratiladigan kre­ditlar hajmini 20 foizdan ziyodga oshirish ko’zda tutilmoqda.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari fursatdan foydalanib tijorat banklarining resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag’larini uzoq muddatli depozitlarga jalb qilish borasida quyidagi fikirlarni bildirmoqchi edim:

Fikrimizcha uzoq muddatli resurslarni ko’paytirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:

- chaqirib olinmaydigan depozit sertifikatlari muomalasini yo’lga qo’yishni tashkillashtirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash;

- Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalariga muvofiq bank kapitali tarkibida barqaror elementlar, ya’ni oddiy aktsiyalar salmog’i ortirish;

- shakillanib borayotgan qimmatli qog’ozlar bozorini ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishning ishonchli vositasiga aylantirish, bunda:

- qimmatli qog’ozlar ikkilamchi bozorini faollashtirish, subordinar qarzning hajmlarini kengaytirish;

- potentsial investorlar uchun axborot shafofligi darajasini oshirish, tijorat banklari va shakllanib borayotgan fond bozorlarining boshqa emitentlarining ish yuritish amaliyotiga xalqaro standartlarni kompleks ravishda joriy etish;

- progressiv fond dastaklarini, shu jumladan kommulyativ aktsiyalar, konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar, ipoteka sertifikatlari, hosilaviy va garov qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va muomalaga chiqarish ko’lamini kengaytirish;

- eng ishonchli emitentlar, yirik institutsional investorlar va ishonchli investitsion vositachilar sifatidagi tijorat banlari faoliyati uchun sezilarli rag’batlar tizimini yaratish;

- emission va anderrayting sindikatlar, reyting va kollektorlik agentliklar, birgalikdagi investitsiyalash institutlarini tashkil etishda ishtirok etish hisobiga shakllanib borayogan qimmatli qog’ozlar bozorlarining investitsion-moliyaviy infratuzilmasini rivojlantirishda banklar faoliyatini yanada faollashtirish;

- banklarning uzoq muddatli resurslarini ko’paytirish borasida bank depozitlari, depozit sertifikatlari va korporativ obligatsiyalarining yangi turlarini joriy etish va amaldagi turlarini ularning muddatlari, summasi, valyuta turlari va to’lash usullari bo’yicha yanada takomillashtirish;

- garov ob’ekti hisoblangan qimmatli qog’ozlar ro’yxatini kengaytirish va bu ro’yxatni muntazam e’lon qilib borish;

- aktivlar sekyuritizatsiyasini tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish. Bunda “moliyaviy pufaklar” paydo bo’lishini oldini olish maqsadida ushbu faoliyat ustidan prudentsial nazoratni kuchaytirish, sekyuritizatsiyalanayotgan aktivlar shaffofligini oshirish hamda ularning ta’minlanganlik darajasiga e’tibor berish.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, jahon inqirozi davom etayotgan davrda hamda iqtisodiy globallashuv sharoitida bank-moliya sohasini yanada rivojlantirishda soha olimlari va mutaxassislarining fikirlarini o’rganish shuningdek ilg’or tajriba bilan almashish muxim axamiyatga ega.

Uylaymanki, konferentsiya ochiq muzokara tarzida o’tkazilib, anjuman tavsiyalari mamlakatimiz moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, bank biznesini yanada kengaytirish, jahon tajribasidan kelib chiqqan xolda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, tijorat banklari resurs bazasini mustaxkamlash, va buning natijasida tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish hamda respublikamiz bank-moliya tizimini jahon andozalari darajasiga ko’tarishga imkon yaratadi.

Konferentsiya ishtirokchilari va mehmonlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirgan holda, konferentsiyani samarali o’tishini tilab qolaman!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Mazkur ma’ruza “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya-kredit muassasalarining investitsion faolligini oshirish” mavzusida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi tezislari to’plamida chop etilgan

(Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2013 yil 15 mart)


Создание долгосрочной базы ресурсов коммерческих банков –важнейший фактор активизации инвестиционной деятельности.
Скачать файл
Размер: 17.77 KB


otchet ru.jpg

statistika ru.jpg



Опрос

Нравится ли Вам наш сайт?

Курс валют

USD
Доллар США
8584.50 +6.14
EUR
Евро
9673.87 +45.52
RUB
Российский рубль
136.34 +1.82
GBP
Фунт стерлингов
10793.29 +50.61
Данные от 16.07.2019
banner-plastic.png

Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech