O’zmilliybank bo’yicha Xitoy davlat taraqqiyot banki kredit liniyasi to’g’risida
MA’LUMOT
1. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish to’g’risida ma’lumot | |
Kredit liniya mablag’larining yo’naltirish sohasi |
- Qishloq xo’jaligi va chorvachilik maxsulotlarini hamda meva-sabzavotlarni qayta ishlash uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalar sotib olish maqsadida; - Mahalliy xom-ashyoni qayta ishlash maqsadida zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida; - Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, bunda yangi turlarini tadbiq etgan xolda; - Tayyor oziq-ovqat va nooziq-ovqat turdagi iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish; - Servis va xizmatlar doirasi, turizmni rivojlantirish. |
Kredit liniya mablag’larining yo’naltirish maqsadi |
Shartnoma umumiy qiymatidan 85% foizi kredit mablag’i xisobidan moliyalashtirishi mumkin. Bunda Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan asbob va uskunalar summasi kontrakt umumiy summasining kamida 50% tashkil etishi lozim; |
Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi |
100.000 AQSh doll. miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda |
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati |
7 yilgacha |
Loyiha bo’yicha beriladigan imtiyozli davr |
2 yilgacha, biroq investitsion davr hamda olti oydan oshmasligi lozim |
Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari |
O’zgaruvchan foiz stavkasi – yarim yillik LIBOR + yillik 3,8% (XTDB marjasi) + O’zmilliybank marjasi |
Loyihani ko’rib chiqish uchun komissiya |
- |
Ajratiladigan kredit uchun mijozning bankka to’laydigan komissiyalari |
|
a) Majburiyat komissiyasi |
foydalanilmayotgan kredit summasining yillik 0,01 % miqdorida |
b) Boshqaruv komissiyasi |
kredit qarzdorligining yillik 0,3% miqdorida |
s) tashkillashtirganlik uchun O’zmilliybank komissiyasi |
Kredit summasining yillik 0.15% miqdorida to’lov kunidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha milliy valyutada |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
Ushbu kredit liniyasi xisobidan moliyalashtrilayotgan har bir loyiha bo’yicha qarz mablag’larining o’z mablag’lariga nisbatan munosabati etmish beshga yigirma besh (75:25) dan oshmasligi lozim |
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati |
Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan asbob va uskunalar summasi kontrakt umumiy summasining kamida 50% tashkil etishi lozim |
Boshqa shartlar (mazkur jadvalda keltirilmagan muhim shartlar) |
Ushbu kredit liniyasi xisobidan etkazib beriladigan tovar va xizmatlar shartnomaning to’liq shartlari va shartnomada ko’zda tutilgan texnik xarakteristikasiga mosligi yuzasidan yuklashdan oldingi inspektsiyasini o’tkazish; Tuzilayotgan shartnomalardagi narxlarning qulayligi va raqobatbardoshligini aniqlash maqsadida, tasdiqlovchi xujjatlar taqdim etilgan taqdirda tovar va xizmatlarni etkazib beruvchilarni tanlash yuzasidan chora-tadbirlar o’tkazish; Tovar va xizmatlarni etkazib beruvchilar tomonidan ushbu shartnoma majburiyatlarini to’liq bajarish maqsadida shartnoma amal qilgunga qadar shartnoma umumiy summasining eng kamida 10% miqdorida Bank kafolatini taqdim etish; Kredit xisobidan sotib olinadigan mol-mulk, hamda loyiha bo’yicha taqdim etilgan garov xar xil xatarlarga qarshi ushbu kredit to’liq so’ndirilganga qadar sug’urta ta’minoti bilan ta’minlash.Bunda Qarzdor barcha sug’urta shartnomasi va polislari bo’yicha manfatdor shaxs bo’lib qoladi; - Kredit qoldig’i bo’yicha eng kamida 120% miqdorini qoplovchi Garov ta’minoti darajasini ta’minlash. |