“Mikrokreditbank” ATB tomonidan Qishloq xo’jaligini rivojlantirish Xalqaro fondi kredit liniyasi hisobidan ajratiladigan kreditlar to’g’risida
MA’LUMOT
Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish to’g’risida ma’lumot | |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi |
Tadbirkorlarga qishloq xo’jaligi bilan bog’liq loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar ajratish |
Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi |
-meva-sabzavot mahsulotlarini 2 ga dan kam bo’lgan er maydonida etishtiruvchi mayda ishlab chiqarish korxonalariga, shu jumladan dehqon xo’jaliklariga 20.000$ ekvivalentigacha; -meva-sabzavot mahsulotlarini 6 ga dan kam bo’lgan er maydonida etishtiruvchi fermer xo’jaliklari, shu jumladan saklash, qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan kichik korxonalarga 100.000$ ekvivalentigacha; -meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash maqsadlari uchun 600.000$ ekvivalentigacha; |
Kredit maqsadi |
qishloq xo’jaligida meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini etishtirish; iste’mol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, ularni qayta ishlovchi qishloq xo’jaligi texnika va uskunalarga investitsiya qilish; meva-sabzavotlarni saqlash; meva-sabzavotlarni qadoqlash(konservatsiya); qishloq xo’jaligi mahsulotlari va tovarlarini sotuvchi do’konlarga investitsiya qilish; |
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati |
Qisqa muddatli-24 oygacha bo’lgan muddatga Uzoq muddatli- 6 yilgacha bo’lgan muddatga |
Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari |
Xorijiy valyutada ajratilgan kredit uchun 2,5%,+ bank marjasi Milliy valyutada ajratilgan kredit uchun 4,5%,+ bank marjasi |
Loyiha bo’yicha beriladigan imtiyozli davr |
Qisqa muddatli- 6 oygacha bo’lgan muddatga, Uzoq muddatli- 2 yilgacha bo’lgan muddatga |
Ajratilgan kredit uchun mijozning bankka to’laydigan komissiyalari: |
Kredit hujjatlarini rasmiylashtirishda (shartnoma asosida) kredit summasining 1,5% miqdorida |
Loyihani kurib chikish uchun komissiya |
Loyihani ko’rib chikish uchun komissiya olinmaydi |
Kredit o’zlashtirilmagan kismi uchun komissiya |
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya olinmaydi |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
20 % dan kam bo’lmagan miqdorda |
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati |
cheklanmagan |
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshqa muhim shartlar ko’rsatiladi) |
Loyiha hisobidan kreditlar Surxondaryo viloyati qishloq joylarida faoliyat yurituvchi (ro’yxatdan o’tgan) tadbirkorlarga ajratilishi mumkin. |