Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi.

Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident soha uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025 yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.
"Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi. Buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan",
- dedi davlatimiz rahbari.
Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi.
Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi.
"Uy-ro‘zg‘or va farzand tarbiyasidan ortib, tadbirkorlik bilan odamlarni ishli, daromadli qilayotgan ayollarimizga har qancha rahmat aytsak, arziydi", - dedi Prezident.
Bu yildan kichik biznesga 300 million so‘mgacha kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki o‘rta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150 million so‘mi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha ham 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
Mutasaddilarga oldingi kreditidan kechikkan qarzi bo‘lmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini yaratish topshirildi.
https://president.uz/oz/lists/view/7955
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
197