Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekistonda ipoteka krediti hajmi barqaror o‘sishda davom etmoqda.
18 Oct 2025

O‘zbekistonda ipoteka krediti hajmi barqaror o‘sishda davom etmoqda.

      Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning to‘qqiz oyi mobaynida mamlakatda berilgan ipoteka kreditlari hajmi 15,06 trln so‘mni tashkil etdi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,6% ko‘p. 

     Ipoteka qarzlarining qoldig‘i yili boshidan beri 8,3 trln so‘mga oshib, jami 76 trln so‘mga yetdi. Ipoteka oluvchilar soni 17,8% ga ko‘payib, 50 ming nafardan oshdi, o‘rtacha kredit miqdori esa 300 mln so‘mga yetdi.

     Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 7,43 trln so‘mlik ipoteka kreditlari moliyalashtirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 10,5% ko‘p. Biroq vazirlikning umumiy kreditlar bo‘yicha ulushi 57,4% dan 49,3% gacha kamaydi. Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi kredit hajmini 20,5% ga oshirib, 1,5 trln so‘mdan ziyodni tashkil etdi. 

    Ipoteka kreditlari hajmi bo‘yicha yetakchi hudud - Toshkent shahri. Ushbu hududga berilgan kredit 4,81 trln so‘mni tashkil etadi (36,2% o‘sish). Shuningdek, Farg‘ona, Andijon, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari ham yuqori ko‘rsatkichlar qatoridan o‘rin olgan.

    Birlamchi bozor ulushi barcha ipoteka kreditlarining 74% ni tashkil etdi. 

   Qarz oluvchilarning asosiy qismini erkaklar tashkil etadi (60%), shu bilan birga kreditlarning 66% 31–50 yoshdagi fuqarolarga to‘g‘ri keladi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 796
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech