Qariyb 150 ming nafar yurtdoshlarimiz kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish xizmatidan foydalangan.

“Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi (KATM) bergan maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 149 465 nafar O‘zbekiston fuqarolari kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish xizmatidan foydalangan.Qariyb 150 ming nafar yurtdoshlarimiz kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish xizmatidan foydalangan.
Ushbu fuqarolarning 101 467 nafari erkaklar, 47 998 ming nafari ayollardir. Eng faol ishtirokchilar 26–35 yoshdagi aholi bo‘lib, ular barcha foydalanuvchilarning uchdan bir qismini tashkil etadi.
Iyun oyidan, yaʼni xizmat ishga tushganidan beri, foydalanuvchilar soni barqaror o‘sib bormoqda: iyulda — 37,6 ming, avgustda — 37,8 ming, sentyabrda — 40,8 ming nafar.
Mazkur xizmatni yoqish Yagona portal (my.gov.uz), davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali amalga oshiriladi.
Qonunga ko‘ra, banklar va mikromoliya tashkilotlari kredit berishdan oldin fuqaroning taqiqlar ro‘yxatida bor-yo‘qligini tekshirishi shart. Taqiq aniqlansa, kredit ajratilmasligi kerak.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 4 martdagi «Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-1043-son Qonuni. (https://lex.uz/pdfs/7417538)






