“Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–176-son, 26.09.2025 y.) qabul qilindi.

“Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–176-son, 26.09.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan Kompaniya tomonidan tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi qo‘shimcha instrumentlar joriy etiladi:
- tadbirkorlarni “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqishga ko‘maklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga tijorat banklari orqali 10 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratish uchun resurs joylashtirish;
- kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi mikroloyihalariga tijorat banklari tomonidan 500 mln so‘mgacha ajratilgan kreditlarni quyidagi shart va hollarda qayta moliyalashtirish:
- ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, biroq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha kamaytirish;
- kamida 1 yil faoliyat yuritgan va 2 nafar xodimi bo‘lgan tadbirkorlarining 5 ta va undan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutgan loyihalariga taqdim etish.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan Kompaniya tomonidan qo‘shimcha ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilandi, jumladan:
- yirik tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha, biroq kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
- o‘rta va yirik tadbirkorlarning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan miqdorda;
- avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlarga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirgan holda;
2026 yil 1 yanvardan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kichik va o‘rta tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 mlrd so‘mgacha va 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismini Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etiladi.
(https://t.me/huquqiyaxborot/18640)
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
487






