Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
   376- saylov uchastkasi
28 Oct 2024

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida 2024 yil 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 

     # 376- saylov uchastkasi

      Saylov jarayonlari qizg‘in bo‘lib o‘tdi.  Kun davomida 10 ga yaqin davlatdan kelgan xorijiy/xalqaro kuzatuvchilar tashrif buyurdilar.

      Markaziy saylov komissiyasi bergan maʼlumotlarga ko‘ra, 850 dan ortiq xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bordi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlariga saylovlarda jami 15 million 27 ming 529  nafar saylovchi ovoz berdi. Bu ovoz bergan saylovchilar umumiy sonining 74,72 foizidan iboratdir. 

    16 – 23 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida mamlakatimiz hududida– 1 million 15 ming 948 nafar, xorijda esa132 ming 667 nafar saylovchi ovoz berdi.

    Saylovlarda xorijda istiqomat qilayotgan barcha vatandoshlarimiz uchun ovoz berish imkoniyati yaratildi. 40 ta mamlakatda tashkil etilgan 57 ta saylov uchastkalarida jami 140 ming 388 nafar saylovchi ovoz berdi.

    Saylov kodeksiga ko‘ra, Qonunchilik palatasiga saylovda yagona saylov okrugi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini olgan siyosiy partiya belgilangan tartibda mandatga ega bo‘ladi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 134
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech