Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Endilikda banklar tadbirkorlar ish o‘rni yaratganidan keyin  ularga berilgan kredit foizini tushirib boradi.
3 Apr 2024
Endilikda banklar tadbirkorlar ish o‘rni yaratganidan keyin  ularga berilgan kredit foizini tushirib boradi.

      Bu haqida bugun Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼkidladi. 

     Banklar filiallari faqat mijozni hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi emas, balki o‘zining yirik mijozlari va tumandagi mahallalarni bog‘laydigan ko‘prik bo‘lishi muhimligi qayd etildi.

    Misol uchun, faoliyatini kengaytirish hamda aylanma mablag‘ uchun kredit olish va ish o‘rni yaratishga tayyor mijozlar ko‘p. Banklar zamonaviy fikrlab, shunday mijozlar bilan ishlashi, ularni yiriklashtirishga ko‘maklashishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

    Bank filiallari tadbirkor mijozlarga kredit berayotganda fuqarolarni ishga olish sharti bilan kredit foizini kamaytiradigan tizimni joriy qilish taklif qilindi.


https://t.me/Press_Secretary_Uz/4089
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 202
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech