«Islomiy moliya – O‘zbekiston» xalqaro forumi

O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi strategik hamkorligida, Islom taraqqiyot bankining tashabbusi bilan, «RedMoney» kompaniyasi tomonidan «Islomiy moliya – O‘zbekiston» xalqaro forumi o‘tkazildi.
IFN Uzbekistan Forumda 10 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Forumda:
- Shariat qoidalari asosida raqamlashtirish;
- Islomiy kapital bozori;
- O‘zbekistonda islomiy fintex va boshqalar kabi masalalar muhokama etildi.
IFN forumlari — bu panel muhokamalari, mazmunli suhbatlar va maqsadli netvorking sessiyalarini o‘zida jamlagan, ishtirokchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan samarali platforma hisoblanadi.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
476






