Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil ilovadan foydalanishda firibgarlikni oldini olishga qaratilgan talablar kuchaytiriladi.
21 Jan 2026
Mobil ilovadan foydalanishda firibgarlikni oldini olishga qaratilgan talablar kuchaytiriladi.
    Asos:  (https://t.me/huquqiyaxborot/19269)21 yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda frod holatlarining oldini olish bo‘yicha minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomi.

    Yaʼni Siz, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan akkauntingizga faqat ushbu o‘zingiz yoki yaqin qarindoshlaringizga tegishli bo‘lgan bank hisobvarag‘i, bank kartasi va elektron hamyonlarni biriktirishingiz mumkin. Ushbu akkaunt orqali P2P o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.

    Mobil ilovadan foydalanishingizda telefon raqami va JSHSHIRi mos kelishi tekshiriladi hamda moslik aniqlanmaganda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazish va bank kartasini biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Kredit va to‘lov tashkilotlari foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyadan o‘tkazishda hayotiylik faktorlarini aniqlashi shart, yaʼni rasm orqali identifikatsiya qilish mumkin bo‘lmaydi.

    Telefonga yuborilgan 1 martalik SMS-xabar 3 marotaba noto‘g‘ri kiritilganda, foydalanuvchining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqa davomida vaqtincha cheklanadi.

    Mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirish yoki uning parolini qayta tiklashda ushbu akkauntga bog‘langan barcha bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi.

    Shuningdek, ushbu qurilmada bank kartalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar tarixi o‘chirib yuboriladi. 

    Bunda, bank kartalarini biriktirish biometrik identifikatsiyadan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi.

     Mazkur nizom 2026 yil 22 apreldan kuchga kiradi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 318
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech