O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi sizni sessiya-treningga taklif qiladi

«Sun’iy intellekt banklarni qanday o‘zgartirmoqda — avtomatlashtirishdan yangi mahsulotlargacha»O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi sizni sessiya-treningga taklif qiladi
- Sana: 26-avgust 2025-yil
- Vaqt: 10:00 – 12:30
- O‘tkazilish joyi:O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi
O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi CHANGE TEAM kompaniyasi bilan hamkorlikda bank sohasida sun’iy intellektning amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan sessiya-treningni o‘tkazadi.
Asosiy mavzular:
- SI asosida antifrod tizimlari va xatarlarni boshqarish;
- Shaxsiylashtirilgan tahlil va mijozlarni segmentatsiya qilish;
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni chat va ovozli yordamchilar orqali avtomatlashtirish;
- SI ni biznes va tizim tahlilida qo‘llash;
- SI ni xavfsiz va samarali joriy etish bo‘yicha tavsiyalar
Ishtirokchilar yetakchi moliyaviy tashkilotlar SI dan firibgarlikka qarshi kurashda, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirishda, takliflarni shaxsiylashtirishda va biznes jarayonlari samaradorligini oshirishda qanday foydalanayotganini bilib olishadi. Haqiqiy keislar taqdim etiladi hamda SI tashabbuslarini ishga tushirish va kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Spikerlar:
- Maksim Ginzburg — X-ON.AI hammuassisi, sun’iy intellektni real biznesga joriy etish bo‘yicha ekspert, SI vositalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy metodologiyalar muallifi, IT sohasida 20 yildan ortiq, neyrotarmoqlar asosidagi mahsulotlarni ishga tushirish bo‘yicha tajribaga ega.
- Kirill Pivovarov — CHANGE TEAM hammuassisi va texnik direktori, fintech sohasida 14 yillik tajribaga ega, yirik moliyaviy tashkilotlar uchun murakkab bank yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etgan.
Taklif etiladi: banklarning biznes va IT bo‘linmalari rahbarlari, raqamli transformatsiya jamoalari, tahlilchilar va mahsulot menejerlari.






