Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi - 30 yoshda.
28 Jul 2025
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi - 30 yoshda.

     Assotsiatsiya 1995 yil 28 iyulda tashkil topgan.

     O‘tgan 30 yilga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Assotsiatsiya tomonidan o‘tkazilgan qator yirik forumlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari, Respublika bo‘ylab tashkil etilgan dolzarb mavzulardagi ochiq muloqotlar, bank moliya sohasida katta tajribaga ega mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan B&B uchrashuvlar, ilmiy va amaliy konferensiyalar kabi qator tadbirlar ko‘z oldimizdan o‘tadi.

     Assotsiatsiyaning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri - banklarni ko‘p qirrali qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Asosiysi, bank xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, mijozlar xizmat ko‘rsatishda sifatli va zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida tizimli o‘quv dasturlari tashkil etadi. Treninglar o‘tkazishda avval ham, hozir ham Assotsiatsiya xorijiy banklarning metodlari va tajribasini o‘rganilib boradi. Va ulardan mijozlar bilan ishlashda eng qulayi va samaralilarini tahlil etib, treninglarda joriy qiladi.

     O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamisha izlanishda va yurtimizning bank moliya sohasini rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 600
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech