Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro bank kengashi (XBK)ning yig‘ilishida ishtirok etdi.
6 Nov 2025

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro bank kengashi (XBK)ning yig‘ilishida ishtirok etdi.

    Yig‘ilishda bank tizimida sun’iy intellektni qo‘llash imkoniyatlari va xavflari, shuningdek, XBKga a’zo mamlakatlarning kredit tashkilotlarida sun’iy intellektdan foydalanish tajribasi muhokama qilindi.

     XBK raisi, Rossiya banklari assotsiatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari Aleksandr Murychev, sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajriba almashinuvi yuzaga keladigan xavflarni tahlil qilish va ularni kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash nuqtayi nazaridan juda muhim ekanligini ta’kidladi.

    Muhokamada Belarus banklari Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Ozarbayjon banklari Assotsiatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi banklari Assotsiatsiyasi, Qirg‘iziston banklar uyushmasi, Rossiya banklari Assotsiatsiyasi, Tojikiston banklari Assotsiatsiyasi, hamda MDH moliya-bank kengashi vakillari ishtirok etib, mavzuga doir qator masalalarda fikr almashdilar.

   Ma’lumot uchun, keyingi XBK yig‘ilishini 2026-yil aprel oyida Shanxay shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 345
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech