Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi o‘z hududida birinchilardan bo‘lib quyosh panellarini o‘rnatdi.
4 Aug 2025
O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi o‘z hududida birinchilardan bo‘lib quyosh panellarini o‘rnatdi.

      Tashkilot hududida fotoelektr stansiyasi  qurilishi 2023 yil dekabr oyida boshlangan va 2024 yil oktyabr oyida yakunlangan. Assotsiatsiya hududida «Sunova Solar» kompaniyasining 2 011 ta quyosh panellari o‘rnatildi. Shulardan 1 893 tasi Assotsiatsiya hududida bo‘lsa, binoning gumbaz qismida 54 ta hamda tom qismida 64 ta quyosh panellari joylashtirilgan.

     2025 yilning olti oyi davomida O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan fotoelektr stansiyasidan 571 ming kVt quvvat ishlab chiqarildi. Shahardan esa 313 ming kVt elektr energiyasi isteʼmol qilingan, o‘zaro hisob-kitoblar balansi 258 ming kVtni tashkil etadi. Shuningdek, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida shahar tarmoqlariga 207 million so‘mlik 280 ming kVt elektr energiyasi uzatildi.

     Eslatib o‘tamiz, 2025 yil davomida quyosh batareyalaridan foydalanish Banklar assotsiatsiyasining elektr energiyasiga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlarini 110 foizga to‘liq qoplaydi va ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasi shahar elektr tarmoqlariga uzatiladi.

      Shu mavzudagi xabar "O‘zbekiston 24" telekanalida namoyish etildi. https://t.me/ubamatbuot/2348

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 693
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech