O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar banklar Assotsiatsiyalari Kengashi (CBATS) aʼzolarining beshinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Unda Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa Turkiy davlatlar banklar Assotsiatsiyalari Kengashiga aʼzo davlatlardan kelgan vakillar so‘zga chiqdilar. Jumladan O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktori Baxtiyor Xamidov so‘zga chiqib, ushbu xalqaro anjumanni ahamiyati, uning dasturidan bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan qator mavzular o‘rin olganiga to‘xtalib o‘tdi.
Mazkur tadbir 30 bor o‘tkazilayotgan Bishkek xalqaro moliyaviy forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun , Turkiy davlatlar banklar Assotsiatsiyalari Kengashi 2022 yil 4 noyabrda tashkil etilgan. Unga O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Ozarbayjon Banklar Assotsiatsiyasi, Qozog‘iston banklar Assotsiatsiyasi, Qirg‘iziston banklari Assotsiatsiyasi, Turkiya banklar Assotsiatsiyasi, Turkiya ishtirokchi banklari Assotsiatsiyalari aʼzodir.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
245