Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Faktoring va uni amalda qo‘llanilishi” mavzusida o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.
17 Dec 2024
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Faktoring va uni amalda qo‘llanilishi” mavzusida o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.
    Unda Respublika tijorat banklari xodimlari qatnashmoqdalar.

     Kuni kecha Prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida - mustahkam huquqiy asos yaratilgani uchun joriy yilda 5,5 trillion so‘mlik mikromoliya va faktoring xizmatlari ko‘rsatilgani qayd etilgandi.

      Hozirda tijorat banklarida faktoring xizmatlari olib borilmoqda. O‘tkazilayotgan seminar trening esa bu borada yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi

      Faktoring tadbirkorlar uchun qator afzalliklarga egadir. Faktoring — bu uchinchi tomon (faktor)ni jalb qiluvchi bitim bo‘lib, bunda uchinchi tomon kichik komissiya uchun sotuvchiga darhol pul to‘laydi. Keyin esa ularni xaridordan bir qancha vaqt o‘tgach oladi.

    Eslatib o’tamiz, trening mashg’ulotlari 17-18 dekabr kunlari bo’lib o’tadi.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 293
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech