Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida faktoring va uni qo‘llanishi bo'yicha o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.
10 Dec 2025
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Faktoring va uni amalda qo‘llanilishi” mavzusida o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.

   Unda Respublika tijorat banklari xodimlari qatnashmoqdalar.

  Faktoring tadbirkorlar uchun qator afzalliklarga egadir. Faktoring — bu uchinchi tomon (faktor)ni jalb qiluvchi bitim bo‘lib, bunda uchinchi tomon kichik komissiya uchun sotuvchiga darhol pul to‘laydi. Keyin esa ularni xaridordan bir qancha vaqt o‘tgach oladi.

     Taʼkidlash lozimki, Prezidentimizning 2024 yil 12 avgustdagi PF-109-son Farmoni bilan faktoring xizmatlarini jadal rivojlantirishga keng yo‘l ochildi. 

     Maʼlumot uchun, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida kredit tashkilotlari tomonidan 6,6 trln so‘mlik faktoring xizmati ko‘rsatildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 barobar ko‘pdir.

      O‘tkazilayotgan seminar trening esa bu borada yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi

    Eslatib o’tamiz, trening mashg’ulotlari 10-11 dekabr kunlari bo’lib o’tadi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 236
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech