Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida ikki kunlik o‘quv seminari yakunlandi.
11 Dec 2025
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Faktoring va uni amalda qo‘llanilishi” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv seminari yakunlandi.
       Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-109-sonli “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ni belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazildi.  Respublika tijorat banklari xodimlariga trening yakunida sertifikatlar topshirildi.

        Hozirda tijorat banklarida faktoring xizmatlari keng olib borilmoqda. O‘tkazilgan seminar trening esa bu borada yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini berdi. Chunki trening davomida faktoring bo‘yicha xorijiy tajriba bilan ham o‘rtoqlashildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 282
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech