Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Poytaxtimizda 15-17 oktyabr kunlari “Banks&Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
15 Oct 2024

Poytaxtimizda 15-17 oktyabr kunlari “Banks&Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

      Xalqaro ko‘rgazma O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda “GLOBALEXPO” ko‘rgazmalar kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

     Ko‘rgazmada Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari bilan birga, jahon moliya tashkilotlari, shuningdek, Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyo mintaqasidagi kompaniya va korxonalar, jumladan, xorijiy banklarning innovatsiyalari hamda yutuqlari namoyish etiladi.

   Anʼanaviy o‘tkaziladigan ko‘rgazmada bu yili bank tizimida sunʼiy intellekt va raqamli bank xizmatlariga alohida urg‘u qaratilgan. Yaʼni tijorat banklari hozirda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 24/7 rejimida ishlaydigan bank xizmatlarini taqdim etmoqda. Bu esa uydan chiqmagan holda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

   Shuningdek, ko‘rgazma doirasida “biznes network”  shaklida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Unda mutaxassislar bank-moliya tizimiga oid mavzularda o‘zaro fikr almashishmoqda.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 121
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech