Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
RPA kuni: “Kodsiz avtomatlashtirish — RPA banklarga xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni tezlashtirishda qanday yordam beradi”
10 Oct 2025

RPA kuni: “Kodsiz avtomatlashtirish — RPA banklarga xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni tezlashtirishda qanday yordam beradi”

      “FIDO-BIZNES” MCHJ bank va moliya tashkilotlari vakillarini biznes robotlashtirilgan jarayonlarni avtomatlashtirish (RPA) sohasidagi zamonaviy yechimlarga bag‘ishlangan tadbiriga taklif etadi.

  • O'tkaziladigan sana: 2025-yil 23-oktabr.
  • Vaqti: 10:00 (Toshkent vaqti bilan)
  • Manzil: Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 112-uy, 3-qavat, “FIDO-BIZNES” kompaniyasi ofisi

   Tadbir maqsadi

    Ishtirokchilarni PRIMO robotlashtirilgan jarayonlarni avtomatlashtirish (RPA) texnologiyasi bilan tanishtirish — bu vosita orqali takrorlanadigan biznes jarayonlarni dasturlashsiz avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va bank amaliyotlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi.

   Asosiy mavzular

  • Bank sohasida RPA: tamoyillar, afzalliklar va yechimlar arxitekturasi;
  • Kredit, operatsion va hisobot jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy misollar;
  • Iqtisodiy samaradorlik;
  • Xavfsizlik, komplayens va reglament talablari;
  • O‘zbekiston banklarida RPA texnologiyasini joriy etishning bosqichma-bosqich rejasi.

  Maqsadli auditoriya

  • operatsion boshqarmalar va IT-bo‘limlar;
  • raqamli rivojlanish va ichki nazorat bo‘linmalari;
  • jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish jamoalari.

    Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

  Ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 22-oktabrgacha amal qiladi.

  Ro‘yxatdan o‘tish shakli: https://docs.google.com/forms/d/1_BfTJm6L93LSoWRNFiMLHBOH9X23APRY8S-LbpX3JEM/edit

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 404
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech