Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Tadbirkorlik subektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muxokama qilindi
20 Mar 2021

2021 yil 19 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan “O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari” mavzusida onlayn davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati Xalqaro Moliya Korporatsiyasi ko’magida videokonferensaloqa (ZOOM platformasi) shaklida bo’lib o’tdi.

photo_2021-03-23_11-58-04 (2).jpg

Tadbirda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi rahbariyati, xalqaro ekspertlar va bank-moliya sohasi mutaxassisilari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

·         yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash masalalari va bu borada mavjud muommolar;

·         tadbirkorlik subektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, sohaga mavjud xalqaro tajribalarni tadbiq etish;

·         tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatini moliyalashtirish, savdoni moliyalashtirish bo’yicha yangi zamonaviy kreditlash mexanizmlarini joriy etish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tadqiqotchi olimlari respublikamizda tadbirkorlik subektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqot ishi to’g’risida ma’lumotlar bilan bo’lishdilar.

Mavzu yuzasidan xalqaro ekspertlar o’zlarining qimmatli tajriba va ko’nikmalari haqida o’rtoqlashdilar. Tadbir davomida tomonlar ushbu muhokamalarga bevosita tijorat banklarini jalb etish lozimligini ta’kidlab o’tdilar. Ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatlash asnosida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Tadbirkorlik subektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari” mavzusida respublika tijorat banklarining muloqot maydonini tashkil etish taklifi bildirildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 171
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech