Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"YOSHLAR TADBIRKORLIGI VATAN IQTISODIYOTI RIVOJLANTIRISHNING FAKTORI" MAVZUSIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO ILMIY VA AMALIY KONFERENTSIYASINING OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI.
23 Apr 2021

Joriy yilning 22 aprel kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida navbatdagi "Yoshlar tadbirkorligi vatan iqtisodiyoti rivojlantirishning faktori" mavzusiga bag’ishlangan Xalqaro ilmiy va amaliy konferentsiyasining ochilish marosimi va birinchi ishchi kuni bo’lib o’tdi.

photo_2021-04-22_12-00-50.jpg

Konferentsiya O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi; O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi; "Yoshlar - bizning kelajagimiz" jamg'armasi; O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi; IT Park Uzbekistan; Britaniyaning Tissayd universiteti bilan hamkorlikda o’tkazilmoqda.

photo_2021-04-22_16-21-15.jpg

2 kun davom etadigan konferentsiyada xorijiy va mahalliy oliy o'quv yurtlari ma'ruzachilari, O'zbekiston va xorijdagi muvaffaqiyatli tadbirkorlar, vazirliklar va davlat hokimiyati organlari vakillari o’z nutqlari bilan ishtirok etishlari kutilmoqda.

photo_2021-04-22_16-20-48.jpg

photo_2021-04-22_16-27-08.jpg

Shuningdek, kecha 22 aprel kuni konferentsiya doirasida IT-Park bilan hamkorlikda yaratilgan "Biznes-inkubatsiya markazi" ning tantanaviy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Institut talabalarining boshlang'ich biznes g'oyalarini yanada rivojlantirish va amalga oshirish maqsadida ikki tashkilot (Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiva IT-park) rahbarlari o’zaro hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Ayni paytda Biznes-inkubatsiya markazida institut talabalari 14 ta startap-loyihalari ustida ish olib bormoqdalar.

photo_2021-04-22_16-28-36.jpg

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 103
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech