Banklar reytingi
Bank reytingi:
Saytga havola:
Telefon:
Faks:
E-mail:
Manzil:
Bank tarixi
1996-yil: Ipoteka-bankning tarixi 1996-yil, “Toshkent uy-joy jamgʼarma banki” uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkil etilganligiga borib taqaladi.
1997-yil: Uy-joy fondini moliyalashtirish tajribasini butun mamlakat miqyosida ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki tashkil etildi.
2005-yil: Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki “Zamin-bank” bilan birlashtirildi va Oʻzbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida “Ipoteka-bank” ATB tashkil etildi.
2007-yil: Ipoteka-bank O'zbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini oldi.
Ipoteka-bank Moody’s reyting agentligining “Barqaror” istiqboldagi B1 reytingiga ega boʻlgan birinchi bank boʻldi.
2017-2018-yillar: Ipoteka-bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) oʻrtasida bankni institutsional oʻzgartirish boʻyicha kelishuv imzolandi va Bank XMK ekspertlari bilan keng koʻlamli transformatsiya boshladi.
2019-yil: Xalqaro moliya korporatsiyasi Ipoteka-bankka 35 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratdi.
2020-yil: London Fond birjasida Ipoteka-bank tomonidan 300 mln. AQSH dollari miqdorida xalqaro obligasiyalar chiqarildi.
2021-yil: Ipoteka-bank yangi rivojlanish strategiyasi, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, biznes modeli, anderrayting va risklarni boshqarish tizimi va turli masofaviy xizmatlarni joriy qildi.
Ipoteka-bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard soʻm (75 million AQSH dollari ekvivalenti) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqardi.
2021-yil sentabr oyida, OTP Bank Grup (Vengriya) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Ipoteka-bank” aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish boʻyicha memorandum imzoladi.